O‘zbekiston termasi 24-oktyabr kuni Manama (Bahrayn)da 19 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati chorak finalida Erondan 2:0 hisobiga mag‘lubiyatga uchradi va JCH-2017 U-20 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Eronliklar hujumchisi Rizo Jafariy dastlab uchrashuvning 13-daqiqasida hisobni ochdi, ikkinchi qismda esa dubl qayd etdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, Janubiy Koreyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasi turnir yarim finaliga yo‘l olgan to‘rt jamoaga nasib etadi. Endilikdan yarim finalda Eron Saudiya Arabistoni bilan o‘ynasa, Yaponiya Vetnam bilan uchrashadi.

Bunga qadar xuddi shu bosqichda O‘zbekiston U-16 termasi ham jahon chempionatiga chiqa olmagan edi.

Video