1- oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kollegiyasiga vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Abdurahim Xodjayev tanishtirildi, deya xabar qildi tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Abdurahim Xodjayev 2004- yil iyunidan 2015- yil martiga qadar tashqi ishlar vazirining kadrlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Undan avvalroq — 2003−2004- yillarda Tashqi ishlar vazirligining Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i edi.

Abdurahim Xodjayevga qadar Muzaffar Kamoliddinov vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.