Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 16-may kuni Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari, jumladan, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi rahbari Viktor Mahmudovni qabul qildi, deb xabar berdi Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati.

Bu Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarining birinchi uchrashuvi edi. Qosim-Jomart Toqayev tashqi va ichki tahdid va xavflarning oldini olish, shuningdek, zarur javob choralarini ishlab chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun samarali platformaga aylanishini ta’kidladi.

марказий осиё, қозоғистон, қосим-жомарт тўқаев

Aksariyat zamonaviy chaqiriq va tahdidlar transchegaraviy xususiyatga ega, shuning uchun ularga qarshi kurashish umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab qiladi, dedi Qozog‘iston prezidenti.

“Gap, birinchi navbatda, xalqaro ekstremizm va terrorizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurash haqida bormoqda. Bu borada Afg‘oniston umumiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi kerak. Bu mamlakatda murakkab ko‘p yo‘nalishli jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Tan olish kerakki, bu mamlakatda iqtisodiy vaziyat barqarorlashuvi va tiklanishining ma’lum belgilari mavjud. Boshqa tomondan, xalqaro terrorchilik tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq yuqori xavflar saqlanib qolmoqda, buni Moskvadagi qonli terakt ham ko‘rsatmoqda”, — dedi u.

Qozog‘iston rahbari Afg‘onistonni mintaqaviy aloqalarga faol jalb etish hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

Qosim-Jomart Toqayev “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymoqchi bo‘lgan va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi. “Sizni ishontirib aytmoqchimanki, biz bunday yondashuv va urinishlarni qat’iyan rad etamiz. Umuman olganda, mamlakatlarimizda o‘zaro maqbul yechim topa olmagan muammolarimiz yo‘q va bo‘lmasligi ham kerak. Ishonchim komilki, mushtarak harakatlar va o‘zaro yordamning uyg‘unligigina qardosh xalqlarimiz farovonligiga yo‘l ochib beradi”, — dedi u.

Viktor MahmudovViktor Mahmudov

Tadbirda Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Gizat Nurdauletov, Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov, Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Maxmudzoda va Turkmanistonning Qozog‘istondagi elchixonasi harbiy attashesi Annamirat Yagmirov ham ishtirok etdi.